15:20 / 07.10.2015
7400

Toshkent shahar Shayxontohur tuman jome masjidlari xodimlari Jizzax viloyati paxtakorlari bilan birga

Mamlakatimizda, hosil yig‘im-terim mavsumi qizg‘in pallaga kirdi. Quyoshli kuz kunlaridan foydalanib, hosilni nes-nobud qilmay, yig‘ib olish rizqu ro‘zimizning yanada mo‘l bo‘lishini ta'minlovchi asosiy omil sanaladi. Bunga yurtimizning barcha idora va tashkilotlar o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Jumlaladan, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududida joylashgan masjidlar xodimlari ham xosil yig‘im-terimi tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Shayxontohur tumani "Shayx Zayniddin" jome masjidining bir guruh vakillari Jizzax viloyatidagi paxta yig‘im-terimida ishtirok etib, mamlakatimiz paxta xirmoniga o‘z ulushini qo‘shishdi. Shuningdek, terimchi va hasharchilarga tansiq taomlar tayyorlash uchun oziq - ovaqt mahsulotlari berildi.
Xasharchilar bunday e'tibor va ko‘makdan O‘zbekiston muslumonlari idorasiga hamda Toshkent shahar vakilligiga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.


"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati

Top