17:41 / 07.10.2015
4700

Toshkentda jarrohlik amaliyoti uchun bemorning onasidan 1.3 mln so‘m so‘ragan shifokor qo‘lga olindi

Toshkentda jarrohlik amaliyoti uchun bemorning onasidan 1.3 mln so‘m so‘ragan shifokor qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Respublika nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazida shifokor bo‘lib ishlab kelgan Anvarjon Kamolov fuqaro Sanjar Rustamovning umurtqa pog‘onasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, o‘z “xizmati” uchun bemorning onasidan 1.3 mln so‘m pul so‘ragan.

Ayol bu haqda tegishli joyga xabar bergan. Natijada shifokor noqonuniy to‘lov olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Top