18:49 / 07.10.2015
4921

Ukraina mudofaa vazirligi 171 harbiy o‘z joniga qasd qilganini aytdi

2014-2015 yillarda Ukraina qurolli kuchlarining 171 nafar harbiy xizmatchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mudofaa vazirligining “Tsentr YuA”ning murojaatnomasiga javobda aytildi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, Ukraina kuchlarining noharbiy yo‘qotishlari hisobot davrida 597 harbiyni tashkil qilgan. Bulardan 137 nafari baxtsiz hodisada o‘lgan, jumladan, 33 nafari cho‘kib, 39 nafari zaharlanib o‘lgan.

Bundan tashqari, YTH oqibatida 112, xavfsizlik qoidalarini buzganlikdan 87, jumladan, qurol bilan muomala qilish qoidalarini buzgan 66 harbiy halok bo‘lgan.
Jami shu davrda 2 027 harbiy xizmatchi o‘lgan.

Top