15:51 / 07.10.2015
5210

Ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti DNK reparatsiyasi bo‘yicha izlanishlar qilgan olimlarga berildi

Ximiya bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti birdaniga 3 nafar olimga berildi. Bular shvetsiyalik Tomas Lindal, amerikalik Pol Modrich va turkiyalik Aziz Sankar bo‘ldi.

Nobel qo‘mitasi bu yilgi mukofot DNK tiklanishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan olimlar uchun berilganini e'lon qilgan.

Ushbu olimlar DNK tarkibidagi tirik hujayralar faoliyati va ularni rakka qarshi kurashda foydalanishning yangi usullari borasida ilmiy izlanishlar olib borgan. Ular DNK tarkibida zararlangan hujayralar qanday tiklanishi va genetik ma'lumotlarni saqlashi jarayonini molekulyar darajada ko‘rsatib bergan.

Qayd etish kerakki, bu 1901 yildan beri ximiklar uchun berilgan 108-mukofot bo‘ldi.

Top