17:51 / 08.10.2015
4568

Afg‘oniston ShHTga to‘la huquqli a'zolik maqomi to‘g‘risida so‘rov yubordi

Afg‘oniston rahbariyati Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga to‘la huquqli a'zolik maqomi to‘g‘risida so‘rov yubordi, deya xabar berdi ShHT bosh kotibi Dmitriy Mezentsev.

Mezentsevning qayd etishicha, Afg‘onistondagi vaziyat ShHT kun tartibida muhim o‘rinni egallaydi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash masalasi esa yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

“Qayd etish muhimki, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash, narkotiklar va qurol-yarog‘ oqimini to‘xtatish, noqonuniy muhojirlik va boshqa transchegaraviy jinoyatlar har doim ShHT amaliy faoliyatining diqqat markazida bo‘lib kelgan”, - deya ma'lum qildi tashkilot bosh kotibi.

Uning fikricha, Afg‘oniston bilan hamkorlik faqatgina terrorizm yoki giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan chegaralanib qolmasligi kerak, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ham rivojlantirilishi kerak.

Top