14:35 / 08.10.2015
5162

Bishkekda inkassatorga hujum uyushtirilib, 612 ming dollar o‘g‘irlab ketildi

Bishkekda noma'lum shaxslar hujum uyushtirib, 612 ming dollar o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda 24.kg sayti xabar berdi.

Aytilishicha, tunda shaharning tumanlaridan birida tibbiy niqoblar taqib olgan shaxslar “Trans-Servis KG” turistik firmasi inkassatori Sergey Smirnovga tashlanib, kaltaklashgan va uning yonidagi barcha pullarni o‘g‘irlab ketishgan.

Bu pullar Manas aeroporti orqali Dubayga yuborilishi kerak edi.
Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Top