12:15 / 08.10.2015
6851

«Boshpochtamt» bojxona posti xodimlari «ishbilarmonlar»ni qo‘lga tushirdi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Boshpochtamt» bojxona posti xodimlari Hindistondan kelgan pochta jo‘natmalari Marg‘ilon shahridagi aynan bir ko‘chada istiqomat qiluvchi bir necha shaxs nomiga yuborilganligidan shubhalanib qolishdi.

Mazkur pochta jo‘natmalari amaldagi tartibga muvofiq bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularda aynan bir turdagi tovar – ayollar uchun xina bo‘yoqlari yuborilganligi ayon bo‘ldi.

SN-23 shaklidagi pochta deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 5500 donadan ortiq xina bo‘yoqlarining umumiy qiymati 27,5 million so‘mdan ziyod bo‘lib, ular shaxsiy foydalanish uchun emas, aksincha, tijorat maqsadida yuborilganliga aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surushtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar yoziladi «Inson va qonun» gazetasida.

Top