15:14 / 08.10.2015
3619

Emeri Yevro-2016 yakunlanganidan so‘ng Ispaniya termasini boshqarishi mumkin

Ispaniya Futbol Federatsiyasi prezidenti Anxel Mariya Vilyarning ma'lum qilishicha, Visente Del Boske bilan shartnoma uzaytirilmasligi mumkin. Shu ehtimol tufayli uning o‘rniga boshqa nomzod izlanmoqda.

64 yoshli mutaxassisning federatsiya bilan shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar amal qiladi, ammo Del Boskening o‘zi hamkorlikni davom ettirishni istamayapti. Bu haqida As nashri xabar tarqatgan.

Gazetada yozilishicha, Vilyar Ispaniya Yevropa chempionatida g‘alaba qozonsa, Del Boske o‘z fikridan qaytib, shartnomani JCh-2018 turniriga qadar uzaytirishiga umid qilmoqda.

Agar bunday bo‘lib chiqmasa, Vilyar milliy terma jamoa boshqaruviga Unai Emerini taklif qilishga urinib ko‘radi.

Ma'lumot uchun, Emerining “Sevilya” bilan 2017 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi mavjud.

Top