15:54 / 08.10.2015
3898

FIFA Mishel Platinini ham 90 kunga futboldan chetlatdi

FIFA axloq qo‘mitasi tashkilotning yana ikki nafar a'zosini o‘z lavozimidan vaqtinchalik chetlatdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

UYeFA prezidenti va FIFA vitse-prezidenti Mishel Platini , shuningdek FIFA Bosh kotibi Jyerom Valke o‘z lavozimidan 90 kunga chetlashtirildi. Agar zarurat tug‘ilgan hollarda bu muddat yana 45 kunga uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq FIFA prezidenti Yozef Blatter xuddi shunday jazoga tortilgan va 90 kunga o‘z lavozimidan chetlashtirilgandi.

Top