14:59 / 08.10.2015
3984

Indoneziya prezidenti Rossiya, Yaponiya va qo‘shni davlatlardan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam so‘radi

Indoneiya prezidenti Joko Vidodo Rossiya, Singapur, Yaponiya va Malayziyadan mintaqada smoglarga sabab bo‘layotgan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishda yordam so‘radi.
Yaqindagina Greenpeace ekologik tashkiloti Indoneziya hukumatidan zudlik bilan Sumatra va Kalimantan orollaridagi o‘rmon yong‘inlarini to‘xtatishni talab qilgan edi.

Tashkilotning ma'lum qilishicha, yong‘inlar ushbu hududdagi bir qator qo‘shni davlatlarda smoglarning vujudga kelishiga sabab bo‘lib, aholi salomatligini tahdid ostida qoldirmoqda.
Haqiqatdan ham, 300 ming nafardan ziyod indoneziyaliklar mamlakatda iyun oyidan buyon davom etib kelayotgan yong‘inlar sababli respirator xastaliklardan aziyat chekmoqda. Shuningdek, zaharli tutun tarqalgani sababli Malayziya va Singapur hukumati maktablar va bolalar bog‘chalarini yopishga majbur bo‘ldi.

Top