07:39 / 08.10.2015
10971

Internetda Rossiya raketalarining Kurdiston ustidan uchib o‘tgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Kurdistonning "Peshmerg" ko‘ngillilar qo‘shinining tvitter-akkauntida Rossiyaga tegishli ekanligi ehtimol qilinayotgan qanotli raketalarning Kurdiston ustidan uchib, Suriyada jangarilar tomonidan nazorat qilinayotgan hududga yo‘nalayotgani tasvirlangan video joylashtirildi.

"Rossiya raketalari Kurdiston osmoni orqali Suriya muxolifatining bosh qarorgohi tomon uchib ketmoqda", deyilmoqda videoga berilgan izohda.

Ko‘ngillilarning aytishicha, bu videoda 7 oktabrda uchirilgan raketalar qayd etilgan.

Avvalroq Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Kaspiy dengizidan Suriya tomon 26 raketa uchirgani va ular Iroq va Eron ustidan uchib o‘tib, Suriyadagi 11 ta nishonga tekkani ma'lum qilingandi.

Top