17:12 / 08.10.2015
4901

«Kashmir xazinasi» uzugi Gongkongdagi savdolarda 6,7 mln dollarga sotilib, dunyo rekordini o‘rnatdi

Gongkongdagi Sotheby's auksion uyida bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdolari chog‘ida «Kashmir xazinasi» nomi bilan mashhur uzuk 6,7 mln dollarga sotildi, deya xabar berdi Reuters.

Mazkur zargarlik buyumi 27,68 karat vaznga ega olmos va yoqut (sapfir) bilan bezatilgan. Xabar qilinishicha, uzukni mahalliy tadbirkor sotib olgan.

Savdolarda 42ta noyob kulrang marvaridli marjon ham o‘zining yangi egasini topdi. Uning qiymati 5,27 mln dollarni tashkil etdi. Britaniyalik aslzoda vikontessa Kaudriga tegishli bo‘lgan marjon so‘nggi bor 2012 yilda LOndondagi auksionda 3,35 mln dollarga sotilgan edi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, har ikki zargarlik buyumi ham o‘z toifasida dunyo rekordini o‘rnatdi.

Top