Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a'zo bo‘lishiga qarshi ekanini yana bir bor ma'lum qildi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari 7 oktabr kuni kechqurun ARD telekanalidagi tok-shouda aytib o‘tdi.
“Men Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a'zoligiga doimo qarshi bo‘lganman va ushbu fikrda qolaman”, - dedi Merkel.
Biroq uning fikricha, Yevropa to‘qnash kelib turgan muhojirlar inqirozini hal etishda Turkiya bilan muloqotlarni qo‘llab-quvvatlash zarur. “Haqiqatdan biz bir-birimizga kerakmiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.