09:57 / 08.10.2015
3745

OAV: Britaniya Boltiqbo‘yiga uzoq muddatli qo‘shinlarni joylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Britaniya AQSh va Germaniyaning NATOning sharqiy chegaralarini mustahkamlash uchun Boltiqbo‘yi davlatlariga alyansning uzoq muddatga asoslangan qo‘shinlarini joylashtirish rejasiga qo‘shiladi. Bu haqda 8 oktabr kuni Financial Times gazetasi ma'lum qildi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qirollik mudofaa muassasasi rahbari Maykl Fellon Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATOga a'zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari uchrashuvida “Britaniya Sharqiy Yevropa demokratik mamlakatlari mustaqilligi tarafdori” ekanini ta'kidlab o‘tdi.

“Biz qirollik harbiy-havo kuchlari samolyotlarini Boltiqbo‘yi davlatlari hududiga joylashtirib, ukrain qurolli kuchlarining hal qiluvchi tayyorgarligini ta'minlaymiz. Endi Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshada yanada muntazamlashgan asosdagi qo‘shinlarimiz bo‘ladi”, - deya gazeta Fellon nutqidan iqtibos keltirdi.

Yetakchi guruhlarni shakllantirish ishlari 2016 yilda yakuniga yetkaziladi.

Top