20:10 / 08.10.2015
4708

OAV: Saudiya Arabistoni neft narxi pasayishi tufayli davlat xarajatlarini qisqartirmoqda

Saudiya Arabistoni neft narxi pasayishi tufayli davlat xarajatlarini qisqartirmoqda, deb xabar bermoqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni moliya vazirligi davlat muassasalariga joriy yilning 4-choragida yangi loyihalarni amalga oshirish va xodimlarni ishga yollashni taqiqlab qo‘ydi.

Davlat muassasalari uchun vaqtinchalik avtomobil va mebellar sotib olish hamda ijara haqida kelishuvlarni imzolash ham taqiqlab qo‘yildi.

Neftdan olinadigan daromad Saudiya Arabistoni byudjyetining 90 foizini tashkil qiladi.

So‘nggi yilda neft narxi 40 foizga tushib ketdi va bu ko‘pchilik mamlakatlarning iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirdi.

Top