12:15 / 08.10.2015
6395

O‘zbekistonda 245 mingga yaqin firma nomlari zaxiraga olindi

2015 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 245 mingga yaqin firma nomlari zaxiraga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi” joriy etilgan davrdan boshlab 245 mingga yaqin firma nomi “Firma nomi to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishi, ma'lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash emasligi sababli, belgilangan tartibda zaxiraga olindi. 2015 yil yanvar-sentabr oylarida 45 mingga yaqin firma nomi zaxiraga olindi.

Top