18:03 / 08.10.2015
6816

O‘zbekistonda 45ta lombard shoxobchasi bor

Ayni kunlarda O‘zbekistonda 45ta lombard shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotnomasida aytildi.

Ta'kidlanishicha, ularning barchasi mikrofirma yoki xususiy korxona tarzida tashkil etilgan.

Lombardlarning 78 foizi yoki 35tasi Toshkent shahri va viloyatida faoliyat yuritadi. Poytaxtning o‘zidagi lombard shoxobchalar soni 29tadir.

Buxoroda 3ta, Andijonda 2ta, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa bittadan lombard shoxobchasi bor. Boshqa viloyatlarda bunday tashkilotlar mavjud emas.

Top