15:21 / 08.10.2015
7772

Polshalik suratkash Fukusima-1 AES yaqinidagi turarjoylar vayronalarida bo‘ldi

Polshalik suratkash Arkadiush Podnesinski Fukusima-1 AES yaqinidagi turarjoylar vayronalarida bo‘ldi. U yerda olingan suratlarni sayyoh o‘z saytiga joylashtirdi. 7 oktabr kuni uning suratlari The Daily Mail nashrida qaytadan e'lon qilindi.

Bu binolar 2011 yilga avariya chog‘ida tashlab chiqib ketilgan edi.

Avariyadan 4 yil o‘tib, 120 ming kishi haligacha o‘z uylariga qayta olmayapti. Ularning ko‘pchiligi bugungi kunga qadar vaqtinchalik uylarda yashab kelmoqda. Shu bilan birga, ayrimlar bu yerni mutlaqo tark etishmadi yoki tez orada qaytib kelishdi.

Bugungi Fukusimaning ajralmas bo‘lagi yor to‘la xaltalardir. Zararlangan yerning yuqori qatlami mana shunday xaltalarga to‘planadi.

O‘rmonli va tog‘li massivlarga bunday ishlov berishning imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yomg‘irlar va shamol terilgan tuproqni yana sochib yuborishi mumkin.

Bu hududga kirish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. Turistlar va jurnalistlar bu yerda iliq kutib olinmaydi.

Suratkash mahalliy aholi vakillari yordamida ichkariga kirib, ayrim suratlarni tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, u tashlab ketilgan maktab binosida bo‘ldi.

Namie qishlog‘i tashlab ketilganiga qaramay, u yerda ko‘cha yoritilishi davom etmoqda.

Zonani tabiat sekin-asta o‘z bag‘riga tortmoqda: ilgari yo‘l bo‘yida o‘sgan o‘tlar hamma joyni chulg‘ab olmoqda.

5 oktabr kuni Yaponiya hukumati vayron bo‘lgan AES ustidan ko‘tarilib turgan himoya gumbazi demontajining yakunlanaganini ma'lum qildi. Radiatsion ifloslanishni to‘sib turgan beton devorlar olib tashlanib, mutaxassislar energoblok ichidagi vayronalarni yig‘ishtirishga kirishdi.

Top