23:37 / 08.10.2015
11356

Rossiya Suriyaning Taman qishlog‘i hududida IShID pozitsiyalariga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zining rasmiy kanalida Suriyaning Taman qishlog‘i hududida IShID terrorchilik guruhi jangarilarining pozitsiyalariga zarba bergani videosini chop etdi.  

"O‘q-dorilarning terrorchilarning mustahkamlangan inshootlariga aniq tegishi u yerda joylashgan o‘q-dorilar, texnikaning jangovor to‘plamining portlashiga va jangarilar tayanch punktining to‘liq yo‘q qilinishiga olib keldi", deb aytilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi saytida

"Bundan tashqari, videodagi lavhalarda "Kalibr" qanotli raketasining parvozini ko‘rish mumkin. Raketa bu hududdagi jangarilarning yana bitta obektiga zarba berdi", deb qo‘shimcha qilinmoqda xabarda.  

Top