14:52 / 08.10.2015
13197

Rossiya TIV: AQSh kimga qarshi jang qilyapti o‘zi?

Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning IShID pozitsiyalari bo‘yicha axborot almashishdan bosh tortishiga munosabat bildirib o‘tdi.

“AQSh tomonidan Rossiya strategiyasining asosiy unsurlari qayta ko‘rib chiqilmaguniga qadar bunday axborotning berilishi imkoniyati bo‘lmasligi borasida xabarlar kelayotgani biz o‘ylagan narsani tasdiqlaydi, bu ham bo‘lsa AQSh Suriyada milliy yarashuv va siyosiy jarayonni tiklashdan uzoq bo‘lgan boshqa maqsadlarni ko‘zlamoqda”, - dedi vazir o‘rinbosari Sergey Ryabkov.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu AQShning ixtilofdagi o‘rni haqidagi masalani ko‘ndalang qo‘yadi: “Bu bilan AQSh hamda uning boshchiligidagi xalqaro koalitsiya o‘zlarini murakkab vaziyatga qo‘yadi, va ular kimning tomonida urush qilyapti, degan savol tug‘iladi”.

Top