22:34 / 08.10.2015
6159

Rossiyalik xonanda Igor Nikolayev qiz farzandli bo‘ldi

Rossiyalik qo‘shiqchi va bastakor Igor Nikolayev va uning rafiqasi, xonanda Yuliya Proskuryakova qiz farzandli bo‘lishdi. Bu haqda o‘zining feysbukdagi sahifasida prodyuser Yevgeniy Fridlyand ma'lum qildi.

"Bugun qo‘shnilarimizda Veronika ismli qizcha tug‘ildi, qizning vazni 2695 gramm va bo‘yi 490 mm. Chin ko‘ngildan tabriklaymiz! Biroq bir narsani so‘rashga iymanib turibman – Veronikaning  familiyasi qanday? Proskuryakovami yoki  Nikolayevami? )))", deb yozdi Fridlyand.

Yosh onaning o‘zi tvitterda quyidagi xabarni qoldirdi: "Bugun 7:34 da Veronika ismli qizimiz tug‘ildi. Xush kelibsan, qizalog‘im!".

"Komsomolskaya pravda" nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan qizcha Yuliya Proskuryakova va Igor Nikolayevning birinchi farzandlaridir. Juftlik 6 yildan beri birga yashamoqda. Ular turmush qurishganda hattoki Nikolayevning do‘stlari ham ularning nikohlariga shubha bilan qaragandilar, chunki ularning orasidagi farq 22 yilni tashkil qiladi. Nikolayevning birinchi turmushidan qizi o‘zining o‘gay onasidan 5 yoshga katta. Biroq Igor va Yuliya gap-so‘zlarga e'tibor bermaganlar va farzand ko‘rishni juda istashgan.

Top