20:13 / 08.10.2015
8589

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasining Badaxshon qismida mingdan ko‘proq toliblar to‘plangani aytilmoqda

Bevosita Tojikiston chegarasi yaqinida turli terrorchilik guruhlari, shu jumladan "Tolibon" harakati otryadlarining mavjudligi Tojikiston hukumatida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Bu haqda TASS axborot agentligi muxbiriga Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili ma'lum qildi.

"Oxirgi vaqtlarda Tojikiston-Afg‘oniston chegarasining Badaxshon (Pomir) qismida asosan "Tolibon" harakatiga mansub bo‘lgan qurollangan guruhlar hamda turli xalqaro terrorchilik guruhlarining harakatlarini kuzatmoqdamiz. Jangarilarning soni mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda", deb aytdi manba.

Manbaning aytishicha, "Afg‘oniston maxsus xizmatlarining tezkor ma'lumotlariga ko‘ra, toliblar Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan afg‘on qishloqlarining katta qismini nazorat qilmoqda va chegaraga yaqinlashishda davom etmoqda. Bu holat Dushanbeni xavotirga solmoqda".

Ma'lumot uchun, Tojikiston-Afg‘oniston chegarasining umumiy uzunligi 1400 km ni tashkil qiladi.

Top