09:07 / 08.10.2015
6260

Toshkent ko‘chalarini yoritishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda

Toshkent ko‘chalarini yoritishda zamonaviy texnik yechimlardan foydalanilmoqda. Bu haqda O‘zFA Fizik-texnik institut “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi katta ilmiy xodimi X. Sobirov aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Uchtepa tumanining Chilonzor-21 dahasida 170 vatt quvvatga ega fotoelektrik uskuna o‘rnatilgan bo‘lib, u energiya tejovchi diodli lampalarni quvvatlantirib turadi.

Shuningdek, mahalliy olimlar tomonidan fotoelektrik batareyalarining turli sinov shakllari ishlab chiqilayotganini xabar qildi.

Top