11:30 / 08.10.2015
5186

Ulug‘bek Rahmatullayev muxlislarini qalbaki chiptalardan ogohlantirdi

O‘zbek estradasi vakillaridan biri Ulug‘bek Rahmatullayev o‘zining “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida muxlislarini 2015 yil 5-8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi uchun soxta chipta va taklifnomalar sotuvga chiqqanidan ogohlantirdi.

“Qadrli muxlislar, qalbaki bilet va taklifnomalardan ehtiyot bo‘ling. Qalbaki taklifnomalarni sotishayotgan ekan, aldanib qolmanglar”, - deb yozdi xonanda. Uning aytishicha, haqiqiy chipta va taklifnomalarda maxsus “galagramma” bo‘lib, u orqali soxtalaridan ajratib olsa bo‘ladi.

“Aldanganlar orasida ota-onangiz yoki opa-singlingiz bo‘lishi mumkin”, - deya estrada vakili o‘z sahifasida qalbaki chiptaning rasmini e'lon qildi.

Top