17:56 / 09.10.2015
4479

6 yil ichida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar o‘sdi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 6 yil ichida 3 barobar o‘sdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan xabarda ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib bormoqda. Keyingi olti yilda bu ko‘rsatkich 3 barobar o‘sib, 2014 yil yakunlariga ko‘ra 413 million dollarni, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 245 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, elektr va mexanika uskunalari, metall buyumlar va turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boshqa kimyoviy tovarlar keltiriladi.

Top