18:06 / 09.10.2015
3589

Britaniya armiyasining regbi jamoalari murabbiylar O‘zbekistonga keldi

10-11 oktabr kunlari O‘zbekiston regbi federatsiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Regbi bo‘yicha bolalar festivalini tashkil etadi. Festival ushbu sport turini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Mazkur festivalni o‘tkazishda Britaniya elchixonasi o‘z ko‘magini ko‘rsatib, unda Britaniya armiyasining regbi bo‘yicha jamoalarining ikki murabbiyi leytenant Jyeyms Kantrell hamda Jyeyson Admansning ishtirokini ta'minlashni zimmasiga oldi. Ular O‘zbekistonga kelib, regbi bo‘yicha kuchli jamoani shakllantirish va yaxshi taktikalarni ishlab chiqish taklifini bajonidil qabul qilishdi.
Uchrashuvlar vaqtida O‘zbekistonning barcha hududlari, shuningdek, Qozog‘istondan jamoalar qatnashadi.

Top