16:33 / 09.10.2015
12069

Guardian: Putinning rejasi ish bermoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Suriyadagi harbiy kampaniyasi G‘arbni sarosimaga solmoqda, bu esa ko‘rilgan tadbirning to‘g‘ri bo‘lganligidan dalolat, deb hisoblaydi The Guardian kolumnisti.

Nashrning ta'kidlashicha, Rossiyaning harakatlari Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashdan tashqariga chiqishi mumkin. Ilgari Moskva IShIDdan boshqa pozitsiyalar bombardimon qilinmayotganini ishontirib aytdi.

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan NATO yig‘ilishida alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg Turkiyaning janubiy sarhadlarini himoya qilishga qo‘shin yuborishga tayyor ekanligini bayon qildi. Vaholanki yaqindagina Turkiyaning kurdlarga qarshi harakatiga norozilik ifodasi o‘laroq AQSh va Germaniya u yerdagi zenitli kemalarini chaqirib olgan edi.

Shuningdek, tahlilchining fikricha, NATOning Suriya ixtilofiga aralashuvi butun Yevropaga salbiy oqibat keltiradi.

Top