09:44 / 09.10.2015
8261

Poroshenko: Putin global beqarorlikni istamoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BBC kanaliga bergan intervyusida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin global xavfsizlik tartibini ag‘darishni istayotganini ta'kidladi.

“O‘ylashimcha, Vladimir Putin global notinchlikni istayotgani kunday ravshan. Roppa-rosa 18 oy muqaddam, Rossiya askarlari Qrimda paydo bo‘lganida, va roppa-rosa 15 oy muqaddam, Rossiya askarlari Donbassda paydo bo‘lganida, va hozir, ular Suriyada paydo bo‘lganida, har doim bir maqsad ko‘zlandi”, - dedi u.

Uning fikricha, Putin mamlakat ichidagi mavqeini tiklash maqsadida bu ishlarni amalga oshirmoqda.

Top