07:18 / 09.10.2015
3903

Portugaliya Yevro-2016 turniridagi ishtirokini kafolatladi

8 oktabr oqshomida Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida 3ta guruhda 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

I guruhi vakili Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Daniyani mag‘lub etib, qit'a chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘yindagi yagona gol 66-daqiqada Moutino tomonidan urildi.

Kecha shuningdek, Shimoli Irlandiya terma jamoasi muddatidan oldin guruhdan chiqqan.

Bundan oldinroq, Fransiya (mezbon sifatida), Angliya, Avstriya, Islandiya va Chexiya terma jamoalari turnirdagi ishtirokini naqd qilgandi.

Portugaliya – Daniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66 Moutino.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Alvesh, Soaresh, Karvalyu, Koentrau, Bernardu Silva (Danni, 77), Tiagu, Nani (Kuarejma, 82), Moutino (Fonte, 90), Danilu Pereyra, Ronaldu.
Daniya – Shmeyxel, Durmishi, Yakobsen, Ker, Agger, Kron-Deli, Eriksen (Poulsen, 82), Vass (Yorgensen, 69), Xeyberg (Kvist, 46), Bendtner, Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Xeyberg (25), Eriksen (43), Vass (69), Ruy Patrisiu (82), Danilu Pereyra (89).

Top