10:49 / 09.10.2015
4254

Serxio Aguero: «Messi – bu 10, Ronalduda esa 3 ochko kamroq»

«Manchester Siti» jamoasining argentinalik hujumchisi Serxio Aguero o‘zining terma jamoadagi sherigi Lionel Messi va «Real» futbolchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

"Ronaldu ham, boshqasi ham Messining darajasiga yaqinlasha olmaydi. Shartli ravishda Lionel Messini 10 deb olsak (Bu uning maydonda harakat qiladigan raqami), Ronaldu undan 3 pog‘ona pastda bo‘ladi", deydi Serxio Aguero hazilomuz ohangda.

Qayd etish kerakki, Ronaldu terma jamoada ham, «Real»da ham 7 raqami ostida to‘p suradi.

"Hech kim Messi bilan tenglasha olmaydi. Lekin har kim bu borada o‘z fikriga ega. Men bunday so‘zlarni u bilan do‘stligim tufayli emas, uning o‘yinlarini kuzatganman. U bilan bir jamoa safida o‘ynaganimda, uning to‘p bilan qanday muomila qilishini ko‘rganman.

Messini yuqori toifali futbolchi deb bilanman. Vaqtinchalik uning raqami ostidagi futbolkani kiyib turishim bilan uning darajasidagi o‘yinchiga aylanib qola olmayman", deydi Aguero.

Top