20:48 / 09.10.2015
8548

Suriya mojarosi: 9 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqda IShIDning pozitsiyalariga 15 ta aviazarba berdi>>

AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi koalitsiya Suriya va Iroqda IShIDning pozitsiyalariga 15 ta aviazarba berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Manba: Suriya armiyasi bir kun ichida 8 ta aholi punktini ozod qildi>>

Suriya qo‘shinlari Xama viloyatining shimolida katta miqyosdagi harbiy operatsiyani boshlagandan bir kun o‘tib, 8 ta aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi 8 oktabr kuni "RIA Novosti" axborot agentligiga suriyalik harbiy manba.

OAV: Fransiya Suriyadagi IShID obektlariga ikkinchi marta zarba berdi>>

Fransiya 9 oktabrga o‘tar kechasi ikkinchi marta Suriyadagi IShID terroristik tashkiloti marralari bo‘ylab aviazarbalar berdi. Bu haqda Fransiya Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian ma'lum qildi.

Saudiya Arabistoni suriyalik isyonchilarga yordam berishni kuchaytiradi>>

Saudiya Arabistoni Suriyadagi uchta isyonchi guruhga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytiradi. Bu haqda G‘arb matbuoti mamlakat hukumatidagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Rossiya Suriya muxolifati bilan aloqa o‘rnatishda Buyuk Britaniyadan yordam so‘ramoqda>>

Rossiya Buyuk Britaniya vakillariga IShIDga qarshi kurashda sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida "Suriya ozod armiyasi" bilan aloqalar o‘rnatishda yordam berish iltimosi bilan murojaatnoma yubordi, deb ma'lum qilmoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Davlat departamenti: AQSh Suriya sababli Rossiya bilan ixtilofga borishni istamaydi>>

AQSh Rossiya bilan Suriya kelajagi sababli mojarolarga borishni xohlamaydi, deya ma'lum qildi Davlat departamenti vakili Jon Kirbi brifing chog‘ida. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.

Eshton Karter: AQSh Suriyaning o‘rtamiyona muxolifatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda>>

AQSh Suriyaning o‘rtamiyona muxolifatiga ko‘mak ko‘rsatishni davom ettirmoqda, deb aytdi 8 oktabrda jurnalistlarga NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishidan keyin AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter.

AQSh ma'muriyati: IShID AQShga "Al-Qoida"dan ko‘ra ko‘proq xavf soladi>>

IShID terrorchilik guruhi AQSh uchun "Al-Qoida"dan ko‘ra kattaroq xavf solmoqda, deb aytdi 8 oktabrda AQSh kongressida AQSh Milliy aksilterrorchilik markazi rahbari Nikolas Rasmussen.  

Obama Suriyaga Putinni “taklif” qilishda ayblandi>>

AQSh prezidentligiga nomzod Kris Kristi amaldagi davlat rahbari Barak Obamani Rossiya prezidentini Suriyaga “taklif” qilishda hamda uning zimmasiga IShID muammosini yuklab qo‘yishda aybladi. Bu haqda The Washington Examiner nashri yozmoqda.

Ekspert: Toyota mashinalari IShIDga Avstraliya orqali yetkazilmoqda>>

Toyota avtomobillari IShID terrorchilari qo‘liga Avstraliyadan yetkazilmoqda. Bu haqda RIA “Novostiga terrorizm muammolari bo‘yicha ekspert, avstraliyalik professor Greg Barton ma'lum qilgan.

Manba: IShID Suriya armiyasiga qarshi kimyoviy quroldan foydalanishi mumkin>>

Rossiya markaziy shtabidagi manba IShID jangarilari tomonidan Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi zaharlovchi gazdan foydalanishi mumkinligini inkor etmadi, deya xabar berdi TASS.

Isroil Rossiyani Suriyaga oid razvedka ma'lumotlari bilan ta'minlashni boshlaydi>>

Isroil harbiylari Rossiyani Suriya muxolifati guruhi pozitsiyasiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlab turishni boshlaydi. Bu haqda Channel 2TV telekanalida xabar berilgan.

Obama ma'muriyati Suriyada muxolifat kuchlari tayyorlash bo‘yicha dasturni to‘xtatadi>>

AQSh prezidenti Barak Obamaning ma'muriyati Suriya hududidagi muxolifatchilarga harbiy saboq berish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Suriya armiyasi 100 nafardan ortiq jangarini bartaraf qildi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasi amalga oshirilgan keng miqyosli harbiy amaliyotlar natijasida 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Sana agentligi harbiy manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Foreign Affairs: Iroq Rossiyadan yordam kutmoqda>>

Iroq hukumati IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilishni istamoqda, negaki AQShning harakatsizligidan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu haqda Foreign Affairs nashri yozmoqda.

Top