19:43 / 09.10.2015
5881

Toshkentda 10-11 oktabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shu haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent shahrida havo harorati keskin tushishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi ma'lumotiga ko‘ra 10 oktabr kuni kunduzi havo harorati 28 daraja bo‘ladi, kechasi esa mayda yomg‘ir yog‘ib o‘tadi.

Yakshanbaga o‘tar kechasi havo qisman bulutli bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi, keyingi kunda esa kun bo‘yi yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

11 oktabr kuni kunduzi havo harorati Tselsiy ko‘rsatkichi bo‘yicha +20 -+22, kechasi esa +8dan +10 darajagacha bo‘lishi kutiladi.

Top