11:50 / 09.10.2015
4044

Toshkentda 170 ming yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatildi

Toshkentda 170 ming yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatildi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Ilgari ma'lum qilinganidek, shu yilning oxiriga qadar mamlakat bo‘yicha jami 1 mln hisoblagich o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. 2020 yilga qadar mo‘ljallangan dastur bo‘yicha esa bunday hisoblagichlar soni 6 mln donadan oshibk yetadi.

Toshkentdagi 100 ming apparat allaqachon ma'lumot uzatish tizimiga ulangan.
Poytaxtda jami 600 ming elektr hisoblagich o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda.

Top