15:31 / 09.10.2015
3945

Vashington va Varshava AQSh og‘ir harbiy texnikalari bazasini joylashtirish haqidagi shartnomani imzoladi

Vashington va Varshava Polsha hududiga AQSh og‘ir harbiy texnikalari joylashtirishni ko‘zda tutgan shartnomani imzolashdi, deya xabar berdi «Radio Polsha».

Polyak tomoni Laskadagi aviatsion baza hududi va unga tegishli obektlar, Dravsko-Pomorskdagi Quruqlikdagi qo‘shinlarni tayyorlash markazi, Skvejin, Tsexanov va Xoshchnodagi harbiy komplekslardan foydalanishni taklif etmoqda.

Polsha Mudofaa vazirining ma'lum qilishicha, tomonlar mazkur masala tafsilotlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Top