08:52 / 09.10.2015
3219

Yurgen Klopp: Men «Liverpul»da kuniga 24 soat va haftasiga 7 kun ishlashga tayyorman

"Liverpul" klubining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp mersisaydliklar safidagi ishi haqida qisqa izoh berib o‘tdi.

"Men juma kunidan e'tiboran "Liverpul" a'zosiga aylanaman va kuniga 24 soat hamda haftasiga 7 kun ishlayman", -deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, klub va murabbiy o‘rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.

Unga ko‘ra Klopp yiliga 7 million funt maosh olishi lozim. Shu tariqa u APLda eng ko‘p daromad qiladigan murabbiyga aylanadi.

Top