00:15 / 10.10.2015
6197

Rossiya Halabda IShIDning 100 ga yaqin jangarisi va harbiy aslahalar omborini yo‘q qildi

Rossiya aviatsiyasi Suriyaning Halab tumanida IShIDning 100 ga yaqin jangarisi va harbiy aslahalar omborini yo‘q qildi, deb ma'lum qiladi RIA «Novosti».

Bu haqda Rossiya havo kuchlari bosh tabi qo‘mondoni o‘rinbosari general-leytenant Igor Makushev, xabar bermoqda.

“Halab tumanida jangarilarning sobiq qamoqxona hududida joylashgan bazasi va qurol-aslahalar saqlanadigan omborxonasiga aviazarbalar berildi. Natijada 100 nafar jangari va qurol-aslahalar ombori yo‘q qilindi”, - dedi u.

Top