16:07 / 10.10.2015
4513

«Barselona» Messini sud bilan bog‘liq vaziyatda qo‘llashi haqida rasmiy bayonot berdi

«Barselona» klubi o‘zining asosiy hujumchisi Lionel Messini qo‘llashini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi uchun davlat prokurori 22 oylik qamoq jazosi belgilanishini so‘ragan. Bunga sabab sifatida u 2007 yildan 2009 yilga qadar soliqlar to‘lamagani ko‘rsatilmoqda.

"Klub ayblovni bildirayotganlar orasidagi bu qadar katta farqqa nisbatan hayronligini bildiradi. 25 sentabrda Messidan ayblovni olib tashlash qarori chiqarilgan edi. Ammo shundan so‘ng davlat prokurori buning aksini gapirmoqda.

«Barselona» klubi mana shunday og‘ir vaziyatda Lionel Messi va uning oilasini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Klub futbolchini huquqiy, moliyaviy va ma'muriy masalalarda qo‘llashda davom etadi.

«Barselona» sportga oid bo‘lmagan va qabul qilib bo‘lmas qarorlarga qarshi. Bu holat klub va sportchilarning obro‘siga salbiy ta'sir o‘tkazadi.

Klub o‘z huquqlari uchun yanada faolroq kurashishga tayyor", - deyiladi «Barselona» tomonidan bildirilgan rasmiy bayonotda.

Top