19:20 / 10.10.2015
5084

Boks bo‘yicha JCh yarim finaliga yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi yo‘llanma oldi

Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi ikkita vazn toifasidagi uchrashuvlarida o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Dastlab 64 kg.gacha vazn toifasida ringga chiqqan Fazliddin G‘oipnazarov chorak finaldagi raqibi italiyalik Vinchentso Manjakapreni uch raundda ham mag‘lub etib (30:27, 30:27, 29:28) umumiy 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

75 kg.gacha vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bektemir Meliqo‘ziyev esa yana bir prinsipial raqibi rossiyalik Pyotr Xamukovga qarshi chorak final janggida qiyinchilik bilan bo‘lsada g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. 2:1 (30:27, 29:28, 28:29).

Shunday qilib JChda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilar soni uch nafarga yetdi. Bungacha Murodjon Ahmadaliyev (56 kg vazn)Tailand vakili Chatchay Butdeni mag‘lub etdi va yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.

Top