12:19 / 10.10.2015
4678

Britaniyalik uchuvchi parvoz vaqtida hushidan ketdi

EasyJet samolyoti uchuvchilardan biri hushdan ketishi sababli Venetsiyaga favqulodda qo‘ndirildi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Samolyot Londonning Getvik aeroportidan Krit orolidagi Iraklion shahriga parvozni amalga oshirayotgan edi. Ikkinchi uchuvchi “avariya tartibi”ni faollashtirib, samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirdi.

Hushini yo‘qotgan uchuvchi shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar uning holatini baholab, hayotiga hech qanday tahdid yo‘qligini ma'lum qilishdi.

Avvalroq American Airlines aviakompaniyasining uchuvchisi parvoz vaqtida shturvalda hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingan edi.

Top