16:16 / 10.10.2015
3780

Fabregas Ispaniya terma jamoasida golli pas uzatish bo‘yicha Xavidan o‘zib ketdi

Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Fransesk Fabregas Lyuksemburgga qarshi uchrashuvda golli pas uzatdi.

Yevro-2016 saralashining 9-turi doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvning 67-daqiqasida u Pako Alkaser tomonidan urilgan golga hammualliflik qildi.

Shu tariqa u Ispaniya terma jamoasi safida golli pas uzatish bo‘yicha Xavining natijasini yangiladi.

Top