12:14 / 10.10.2015
3993

Fabregas tezlikni oshirgani uchun 6 oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi

"Chelsi" jamoasining ispaniyalik yarim himoyachisi Sesk Fabregas olti oy davomida avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi.

U tezlikni oshirgani uchun shunday jazoga loyiq topildi. Berilgan xabarlarga ko‘ra, Angliya shosselardan biridagi kamerada futbolchi 110 mil/ soat tezlikda harakatlanganligi ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, o‘sha shosseda tezlikni soatiga 50 mildan oshirmaslik ko‘rsatib qo‘yilgan.

Endilikda Fabregas haydovchilik guvohnomasidan ayrilgani barobarida, 2560 funt miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Top