14:53 / 10.10.2015
3772

Gvatemala yana bir yer ko‘chkisiga tayyorlanmoqda

Gvatemalada yana bir marta yer o‘pirilishi sodir bo‘lishi mumkin. Hukumat avval yuz bergan ko‘chki hududi - Santa-Katarina-Pinula aholi punktida istiqomat qiluvchilarni navbatdagi ko‘chki xavfi tufayli evakuatsiya qilishni boshlagan.

Hozirda Kambray aholi punktidan 40 oila ko‘chishga majbur bo‘lgan. 150 nafardan ortiq kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani aytilgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 4 oktabrga o‘tar kechasi yuz bergan ko‘chki oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 263 nafarga yetgan, 800 nafardan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Yana 370 kishining taqdiri no'malumligicha qolmoqda.

Qutqaruvchilar tirik qolganlarni topishga umid qilishmayapti.

Top