17:16 / 10.10.2015
8003

Hindistonda sigir o‘ldirilishidan keyin hinduistlar musulmonlarga tegishli do‘konlarga o‘t qo‘ymoqda

Hindiston politsiyasi mamlakat shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida sigir go‘shti iste'mol qilgan musulmonlarga qarshi nafrat jinoyati amalga oshirishda ayblangan 21 kishini hibsga oldi.

Xabar qilinishicha, 500 nafarga yaqin kishi po‘lat xivchin va kaltaklar bilan qurollangan holda musulmonlarga tegishli do‘konlarga hujum qilishgan va o‘t qo‘yishgan. Politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, hinduistlar sigirni muqaddas joyenivor sifatida e'zozlashadi hamda sigirni o‘ldirishni gunoh deb bilishadi. Lekin Hindistonda yashovchi musulmonlar va xristianlar bungacha ham sigir go‘shti iste'mol qilib kelishayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining Dadari qishlog‘ida hinduistlardan iborat guruh qoramol (sigir) o‘limiga sababchi bo‘lgan 50 yoshli musulmon fuqaroni o‘ldirgandi.

Top