20:07 / 10.10.2015
14370

KUN.UZ dayjesti: 10 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 10 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda traktorlarga dalaning o‘zida gaz quyiladi>>

O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik texnikalarida siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga o‘tish bo‘yicha sinov dasturi amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi Sputnik Qishloq va suv xo‘jaligidagi axborot manbasiga tayangan holda.

Bombardier O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi>>

Noyabr oyi boshida O‘zbekistonda Xalqaro investitsiya forumi boshlanadi. Unda ko‘plab xorijiy hamkorlar va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etish istagini bildirgan.

BMT: Markaziy osiyolik jangarilar IShIDda yuqori lavozimlarni egallagan>>

IShID va “Front an-Nusra” guruhlarining yuqori lavozimli qo‘mondonlari orasida Markaziy Osiyodan chiqqan jangarilar bor. Bu haqda 8 oktabr kuni BMTning rus tilidagi yangiliklar xizmati jahon tashkilotining Aksilterror qo‘mitasi tayyorlagan xorijiy jangari-terroristlar to‘g‘risidagi hisobotiga asoslanib xabar qildi.

Obama: Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi uning pozitsiyasi zaiflashayotganini ko‘rsatmoqda>>

AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Suriyadagi harbiy operatsiyalar Rossiyaning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasini zaiflashayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda u CBS kanaliga bergan intervyusi davomida aytib o‘tgan.

Turkiya poytaxti Anqara shahrida terakt amalga oshirildi. VIDeO>>

Bugun, 10 oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida sodir etilgan portlashlar tufayli 30 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda Turkiya IIV xabar bergan.

Anqaradagi terakt qurbonlari soni 86 nafarga yetdi>>

0 oktabr kunining birinchi yarmida Turkiya poytaxti Anqara shahrida amalga oshirilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 86 nafarni tashkil qilmoqda.

Pxenyanda Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligi munosabati bilan parad bo‘lib o‘tmoqda>>

Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrida Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan harbiy parad boshlandi. Bu haqda Sinxua agentligining tvitterida ma'lum qilingan.

OAV: AQSh IShIDga qarshi kurashda hali yutuqlarga erishgani yo‘q>>

AQSh tomonidan IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash va Suriyada barqarorlikni vujudga keltirish uchun qo‘llanilayotgan choralar hozircha sezilarli natija berayotgani yo‘q. Mazkur baho 9 oktabr kuni New York Times gazetasining elektron shaklida e'lon qilingan maqolada keltirib o‘tiladi.

Washington Post: Rossiya Suriyadagi harakatlari bilan AQShni g‘aflatda qoldirdi>>

Moskvaning Suriyada terroristlar marralariga to‘satdan aviazarbalarni berishni boshlagani Vashington uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi, vaholanki AQSh ma'muriyati rossiyalik harbiylarning SARda faollashgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega edi, deya yozmoqda Washington Post.

«Rossiya 24» telekanali Mi-24 vertolyotlarining Suriyadagi IShID obektlariga bergan zarbalarini namoyish qildi>>

«Rossiya 24» telekanali Rossiya Qurolli kuchlarining Mi-24 vertolyotlari Suriyadagi IShID obektlariga bergan zarbalari tasvirlangan videoni namoyish qildi. Boshlovchining rolikka bergan izohida keltirilishicha, video arab mamlakati armiyasi askarlari tomonidan tasvirga olingan. Tasvirlarda Mi-24P vertolyotlarini ko‘rish mumkin.

Internetda Turkiyadagi miting chog‘ida uyushtirilgan portlash videosi paydo bo‘ldi>>

Hodisa guvohlari Anqara temir yo‘l stansiyasi oldida sodir bo‘lgan portlash jarayonini tasvirga olishga ulgurishdi. Rolik Twitter ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilindi. 

Rossiya TIV Anqaradagi teraktdan so‘ng mintaqada terrorizmga qarshi kurashayotganlarni birlashishga chaqirdi>>

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Anqaradagi teraktdan so‘ng terrorizmga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish zarurligini ma'lum qildi. 

Xitoydagi restoranda ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 17 nafarga yetdi>>

Xitoydagi restoranda sodir bo‘lgan portlash natijasida hayotdan ko‘z yumganlar soni 17 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi «Sinxua».

Anqara shahrida Twitter va Facebook tarmoqlariga kirish to‘sib qo‘yildi>>

Turkiya poytaxti Anqara shahri aholisi Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga kira olmayapti. Bu haqda BGN News xabar bergan.

«Barselona» Messini sud bilan bog‘liq vaziyatda qo‘llashi haqida rasmiy bayonot berdi

«Barselona» klubi o‘zining asosiy hujumchisi Lionel Messini qo‘llashini ma'lum qildi.

Turkmaniston rahbari Kaspiydagi harbiy flot kemalari ko‘rigidan qatnashdi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 9 oktabr kuni Turkmanboshida Kaspiy dengizidagi harbiy kemalarni ko‘rigida ishtirok etdi, deya xabar berdi mahalliy OAV. Turkmaniston Harbiy-dengiz kuchlari kuni munosabati bilan harbiy-dengiz paradi o‘tkazildi.

Yer tomonga xavfli asteroid yaqinlashayotgani aytilmoqda>>

NASA olimlari kosmik obekt Yer sayyorasining yonidan uchib o‘tishini aytishmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Dilmurod Nazarov 39 yoshida vafot etdi>>

O‘zbek futboli yana bir og‘ir judolikka uchradi. Bugun, 10 oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Dilmurod Nazarov 39 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.


Top