20:37 / 10.10.2015
10498

KUN.UZ dayjesti: 10 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 10 oktabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Xorijlik jurnalistlar KXDR hukumati ruxsati bilan Pxenyan metrosidan fotoreportaj uyushtirishdi>>

Bugun, 10 oktabr kuni KXDRda Mehnat partiyasining 70 yilligi keng miqyosda bayram qilindi va parad o‘tkazildi. Shu munosabat bilan mamlakatga xorijlik jurnalistlar taklif etildi.

Sardor Mamadaliyev uylanayotganini ma'lum qildi>>

O‘zbek estradasi vakillaridan biri Sardorbek Mamadaliyev yaqinda uylanishini tasdiqladi. Bu haqda san'atkor “Darakchi” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda ma'lum qilgan.
Mamadaliyevning ta'kidlashicha, ijod bilan bandligi tufayli uylanishni shu vaqtgacha kechiktirib kelayotgan edi.

Olma-Ota shahri hokimini videoga olish mumkin emasligi haqidagi xabar Kaznetni “portlatdi”>>

Qozog‘istonlik huquq faollaridan biri Dilnar Insenova Olma-Ota shahri hokimi Baurjan Baybekni ko‘chada uchratib qolib, u bilan “Oqkent” turar-joy kompleksidagi muammolar to‘g‘risida suhbatlashmoqchi bo‘ldi. U o‘z suhbatini video tasvirga olishga harakat qilgan vaqtda Baybek bilan birga bo‘lgan hokimiyat vakillari bunga to‘sqinlik qiladi. Natijada suhbatning faqatgina 30 soniyasi tasvirga olinadi.

Hindistonda sigir o‘ldirilishidan keyin hinduistlar musulmonlarga tegishli do‘konlarga o‘t qo‘ymoqda>>

Hindiston politsiyasi mamlakat shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida sigir go‘shti iste'mol qilgan musulmonlarga qarshi nafrat jinoyati amalga oshirishda ayblangan 21 kishini hibsga oldi.

Qozog‘istondagi bolalar bog‘chasining 3 yoshli tarbiyalanuvchisi ishqorli eritmani ichib yubordi>>

Qozog‘istonning Turkiston shahridagi bolalar bog‘chasida 3 yashar bola idish-tovoq yuvishga mo‘ljallangan ishqorli eritmani ichib yubordi. Shundan so‘ng tarbiyachilar davolash maqsadida bolaga margantsovkali eritmani ichirishgan. Natijada uning ovqat hazm qilish a'zolari kuchli kuyish jarohatini olgan. Bolaga uzoq muddatli davolash choralari belgilandi, deya xabar qilmoqda KTK.

Britaniyalik uchuvchi parvoz vaqtida hushidan ketdi>>

Samolyot Londonning Getvik aeroportidan Krit orolidagi Iraklion shahriga parvozni amalga oshirayotgan edi. Ikkinchi uchuvchi “avariya tartibi”ni faollashtirib, samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirdi.

O‘zbek-Amerika Assotsiyatsiyasi Amerika va Kanadada yashovchi o‘zbeklar orasida eng yaxshi insho tanlovini e'lon qildi>>

Chikagodagi O‘zbek-Amerika Assotsiyatsiyasi O‘zbekistonda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 26 yilligi munosabati bilan hamda xorijda yashayotgan o‘zbek bolalari qalbida millat, til, vatan tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Amerika va Kanadada yashovchi o‘zbeklar orasida eng yaxshi insho tanlovini e'lon qiladi.

O‘zbekiston Tojikistonga poyezddan tushib qolgan askarini topshirdi>>

2015 yil 4 oktabr kuni 22:20da Surxondaryo viloyati Denov IIB xodimlari Denov shahri stansiyasi yaqinidagi temir yo‘l ko‘tarmasi oldida “Konibodom-Dushanbe” yo‘nalishi bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit qatnovini amalga oshirayotgan poyezddan tushib ketishi oqibatida turli darajadagi tan jarohatlarini olgan 1995 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi harbiy xizmatchisi, muddatli xizmat askari F.Rahmatzoda yotganini aniqlashdi.

Qirg‘izistonda sakkiz yashar bola hojatxona o‘rasiga tushib ketgan ikki yashar singlisini qutqarib qoldi>>

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ikkinchi sinf o‘quvchisi hojatxona o‘rasiga tushib ketgan ikki yashar singlisini yarim soat davomida ushlab turdi.

Sirdaryoda topilgan “dinozavr” mushuk bo‘lib chiqdi>>

Joriy yilning yozida OAVlarda Sirdaryo viloyatining Xavot tumani Karvonsaroy mahallasida 12-maktab o‘qituvchisi Muhayyo Mirzaliyevaning uyidagi ta'mirlash ishlarida mezozoy davriga tegishli dinozavr qoldiqlari topilgani haqidagi yangilik tarqatilgan edi.

Rebrending: Ravon Rossiya bozorlarida>>

Moskva shahrida Ravon nomli yangi avtomobil brendining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu marka ostida GM Uzbekistan zavodining Daewoo Matiz, Gentra, Chevrolet Spark, Cobalt va Aveoning keyingi avlodlari modellarini sotish rejalashtirilmoqda.

Aql bovar qilmaydigan musobaqalar>>

Butun dunyoda turli sport musobaqalari o‘tkazilayotgan bir paytda yangi-yangi g‘aroyib musobaqalar o‘tkazish urf bo‘lmoqda. Sol Nilmen 2007 yildan buyon antiqa sport musobaqalarini suratga olib keladi. Uning saytida “Klassik g‘aroyib sport” va “Yangi g‘aroyib sport” bo‘limlariga duch kelasiz. Bu musobaqalar haqiqatan ham g‘aroyib.

Top