10:15 / 10.10.2015
3796

Morata Lyuksemburgga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi

9 oktabr kuni Lyuksemburgga qarshi Yevro-2016 saralashi bosqichidagi o‘yinda maydonga tushgan Ispaniya terma jamaosining 2 nafar futbolchisi birinchi taym vaqtidayoq jarohat olib maydonni tark etishdi.

Avvaliga, "Manchester Siti" yetakchilaridan bo‘lmish David Silva 10-daqiqada to‘piq qismidan jarohat olishi tufayli, o‘z o‘rnini Xuan Mataga bo‘shatib berdi.

"Yuventus" hujumchisi Morata bilan sodir bo‘lgan vaziyat esa biroz noxushroq kechdi. U jarohatlanib, maydonga yiqilgach, shifokorlar uni zambilga solgan holda maydondan olib chiqib ketishdi va uning o‘rniga maydonga Pako Alkaser tushirildi.

Avvaliga uning oyog‘i singani taxmi qilinayotgandi. O‘yindan keyingi tekshiruvlarda ma'lum bo‘lishicha, uning oyog‘i sinmagan.

Hozircha Morata qachon safga qaytishi aniq emas.

Top