08:48 / 10.10.2015
4484

Qatardagi JChda Bahodir Jalolov kubalik bokschidan ustun kelib, chorak finalga chiqdi

Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik yana bir sportchi chorak finalga chiqdi.

Eng og‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov (+91 kg) kubalik Liniyer Pero ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Bahodir 10 oktabr kuni o‘tkaziladigan chorak final bahsida iordaniyalik Husayn Ishaish bilan jang qiladi. Iordaniyalik sportchi nimchorak finalda gruziyalik Mixail Baxtidzeni mag‘lub etdi.

Shu tariqa, yarim final yo‘llanmasi uchun kechadigan bahslarda 7 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Bular, Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Fazliddin G‘oipnazarov (-64 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg), Elshod Rasulov (-81 kg), Rustam To‘laganov (-91 kg) va Bahodir Jalolov bo‘ladi (+91 kg).

Top