14:39 / 10.10.2015
5885

Qozog‘istondagi bolalar bog‘chasining 3 yoshli tarbiyalanuvchisi ishqorli eritmani ichib yubordi

Qozog‘istonning Turkiston shahridagi bolalar bog‘chasida 3 yashar bola idish-tovoq yuvishga mo‘ljallangan ishqorli eritmani ichib yubordi. Shundan so‘ng tarbiyachilar davolash maqsadida bolaga margantsovkali eritmani ichirishgan. Natijada uning ovqat hazm qilish a'zolari kuchli kuyish jarohatini olgan. Bolaga uzoq muddatli davolash choralari belgilandi, deya xabar qilmoqda KTK.

Turkiston shahridagi 16-maktab qoshida tashkil etilgan bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Nurislomning jarohat olishi ortidan tarbiyachilar ishdan bo‘shatilib, muassasa hamshiralariga xayfsan e'lon qilingan. Shuningdek, mazkur ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Muassasa rahbari Bibigul Amirbekovaning ta'kidlashicha, bolaning davolanishi uchun uning ota-onasiga shu vaqtga qadar 300 ming tenge yig‘ib berilgan. Bolaning jarohat olgan a'zolari bir yil ichida sog‘ayishi aytilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Turkiston viloyat shifoxonasida xo‘jalik kimyoviy moddalaridan jarohat olgan 20 nafar bola davolanmoqda. Ularning ikki nafariga qizilo‘ngachni ko‘chirib o‘tkazish lozim.

Top