19:47 / 10.10.2015
5485

Suriyalik harbiylar IShIDning 2 nafar terrorchi-xudkushini yo‘q qildi

Suriya armiyasi harbiylari Suriyaning Xama viloyatida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 2 nafar terrorchi-xudkushni yo‘q qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Manbaning aytishicha, terrorchilar Xamaga Xomsdan kelishayotgan bo‘lgan.

“Bitta terrorchi mashinada, ikkinchisi marshrutkada ketayotgan bo‘lgan. Armiya bo‘linmalari ularga Salomiy hududida, Xamaning janubiy chekkasidagi Muharram Fukaniy aholi punktida yetib olishgan”, demoqda manba.

Tayyorlanayotgan terakt haqida razvedka xabari va mahalliy aholining sinchkovligi tufayli xabar topishga muvaffaq bo‘lingan. Razvedkachilarning ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilardan biri xorijlik bo‘lgan.

Top