16:35 / 10.10.2015
5734

Toshkentda odamlardan minglab dollar undirgan sobiq JEK ishchisi sudlandi

Toshkentda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan birida ishlab kelgan fuqaro S. Janayeva ularning shirkatiga qarovchi odamlardan noqonuniy pul undirganlikda ayblanib sudga tortildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Jumladan, fuqaro Ye. Erovadan turli bahonalarda 2.5 mln so‘m undirgan. Bunga unda sheriklari va hamkasblari O. Javliyev hamda Angren shahridagi shirkatda ishlovchi Pardaboy Rajabovlar yordam berdi.
Turli yo‘llar bilan ular xonadon egalaridan 2 900 dollar va 1.6 mln so‘m undirishga erishishgan. Ammo ularning qilmishlarini bilib qolgan fuqarolar tegishli organlarga murojaat etishgan.
Sud har uch aybdorga tegishli hukmlarni chiqardi.

Top